Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:39

PayPal Googleni sudga berdi


Elektron pullar bo'yicha gigant PayPal shirkati yaqinda o'zining elektron pul tizimini ishga solgan Google shirkatini sudga berdi.

PayPal da'vosida aytilishicha, Google ikki yil davomida PayPal bilan hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar olib borgan. Biroq muzokaralar o'z yakuniga yetay deganda Google PayPalning muzokara olib borgan vakilini o'z tarafiga og'dirib olib, bir necha oydan so'ng oz elektron pul tizimini, ya'ni o'tgan hafta e'lon qilingan Google Wallet xizmatini ishga tushirgan.

Qisqacha aytganda, PayPalning Google bilan muzokalariga mas'ul bo'lgan xodimi Usama Bedye muzokaralar davomida o'z boshliqlaridan yashirin holda Googlega ishga o'tish uchun suhbatlarda qatnashgan. Suhbatlar natijasida Bedye PayPalning Google bilan bo'lgan muzokaralarini yakunlamasdan Googlega ishga o'tib ketgan va Google Wallet elektron pullar tizimini ishga tushirishda faol ish olib borgan.

Mutahassislarning aytishicha, Usama Bedyeni Googlega o'tishiga shirkatning yangi rahbari Larri Peyj sababchidir. Aynan Larri Peyj elektron pullar tizimlari bilan hamkorlik qilish o'rniga Googlega o'z tizimini ishga tushirishni tavsiya qilgan edi.

PayPal shirkati Googleni g'irrom o'yin olib borganlikda, Usama Bedyeni esa PayPal shirkati sirlarini raqib kompaniyaga oshkor qilganlikda ayblamoqda.
XS
SM
MD
LG