Линклар

logo-print
28 fevral kuni Sankt-Peterburgning Kirov tumanida tomlarni qordan tozalash davomida yana bir halokat ro‘y berdi. Stachka ko‘chasidagi besh qavatlik uyning tomidan 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Arslonbek Durdiyev qulab tushdi.

Olingan xabarlarga ko‘ra, bosh chanog‘i yorilgan, qorin va ko‘krak qismidan shikast yegan Arslonbek Durdiyev Peterburgning №26 shahar shifoxonasiga jo‘natilgan. Ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan: olingan jarohatlardan mardikor kasalxonada jon taslim qilgan.

Mahalliy huquq-tartibot organlari xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan o‘zbekistonlik “Kirov tumani №2 jilkomservisi” MChJsi bilan mehnat shartnomasi bo‘lgan. Aniqlanishicha, Durdiyevda bu ishlarni bajarishga ruxsatnoma bo‘lmagan.

Aynan shu shirkat hududida joriy yilning 9 yanvarida tomdan boshiga tushgan muzdan 6 yashar peterburglik bolakay¸ 16 yanvarda esa tomni qor va muzdan tozalayotgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Hoshimov Akramjon tushib ketib halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG