Линклар

logo-print

Podpolkovnik Ahmedovning aytganlari


O‘sh va Jalolobod voqealaridan keyin ub shaharlarni tark etgna o‘n minglab odamlarning 80 foizi o‘zbeklardir.

O‘sh va Jalolobod voqealaridan keyin ub shaharlarni tark etgna o‘n minglab odamlarning 80 foizi o‘zbeklardir.

O‘sh viloyat migratsiya xizmati o‘tgan haftada tarqatgan ma‘lumotga qaraganda, 2010 yilning iyunida sodir bo‘lgan qirg‘indan so‘ng, O‘shni rasman 60 mingdan ortiq odam tark etgan. Migratsiya xizmati rasmiysi Akjo‘l Abdukerimov O‘shni tark etganlarning milliy tarkibi to‘g‘risida ma‘lumotlarga ega emasligini bildirgan.

Ayni paytda boshqa rasmiy va norasmiy manbalar O‘shdan xorijga ketganlarning 80 foizga yaqini o‘zbeklar ekanini ta‘kidlab kelmoqdalar.

Iste‘fodagi militsiya podpolkovnigi, advokat va inson huquqlari himoyachisi Saidkamol Ahmedov va uning oilasi ham O‘shni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan o‘n minglab o‘zbeklardandir.

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha komissarligidan oilasi uchun boshpana so‘rayotgan Saidkamol Ahmedovni muxbirimiz suhbatga tortdi.

XS
SM
MD
LG