Линклар

AQShning pilotsiz uchqichi Pokistonning Afg‘onistonga chegaradosh Janubiy Vaziriston viloyatini bombardimon qilgani oqibatida janggari ekani aytilayotgan 17 kishi nobud bo‘ldi.

Pokiston rasmiylariga ko‘ra, Vana shahri yaqinidagi janggarilarga tegishli ekani taxmin qilingan bino va madrasa bombardimon qilingani oqibatida kamida 14 kishi nobud bo‘lgan.

Ayni paytda, Pokiston rasmiylari AQSh uchqichi Janubiy va Shimoliy Vaziriston viloyatlari o‘rtasidagi chegara mintaqasida ketayotgan avtomobilni nishonga olgani natijasida kamida uch janggari yo‘q qilinganini xabar qildi.

AQShning masofadan boshqariladigan uchqichi juma kuni kechqurun Janubiy Vaziriston viloyatida amalga oshirgan hujumda Al-Qoidaning nufuzli yetakchisi Ilyos Kashmiriy halok bo‘lgani xabara qilindi.

Rasmiylar bu ma‘lumotni tekshirishga harakat qilmoqda.
XS
SM
MD
LG