Линклар

Pokiston shimoliy g‘arbidagi harbiy markaz yaqinida ro‘y bergan ikkita portlash qurbonlari soni 80 ga yaqinlashdi.

Politsiyaga ko‘ra, Peshovar shahridan 35 kilometr shimolda joylashgan Shabqadar shaharchasidagi chegara qo‘shinlari bazasi oldida ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida yana o‘nlab odam jarohatlangan.

Pokiston huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, portlash ikki hudkush tarafidan sodir etilgan.

Portlash uchun mas‘uliyatni Pokistondagi Tolibon harakati zimmasiga oldi va bu Usama bin Ladinning AQSh harbiylari tarafidan o‘ldirilgani uchun qasos ekanini bildirdi.
XS
SM
MD
LG