Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:00

Press TV: Isroil Eronga hujum qilish taraddudida


Eron televideniyesi bergan xabarda Isroil Islomiy Respublikaga hujum qilish maqsadida, Iroqdagi AQSh bazasiga o‘z harbiy uchqichlarini ko‘chirmoqda, deya ta‘kidlandi.

Eronning Press TV kanali bu xabar Iroqdagi shialar yetakchisi Muqtada as-Sadrga yaqin bo‘lgan manbadan olinganini iddao qilindi.

Pentagon bu xabarni “be‘mani”, deya inkor qildi. Iroq rasmiylari ham xabar “asossiz” ekanini bayon qildi.

Isroil armiyasi matbuot vakili bunday rejadan xabari yo‘qligini ta‘kidladi.

Eron televidenisida berilgan xabardan bir kun avval Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Holokost qurbonlari xotirlangan tadbirda Natsist Germaniyasini bugungi Eron bilan qiyoslab, “kimda kim bizni yo‘q qilish bilan tahdid qilsa, bu tahdidlarni e‘tiborsiz qoldirmasligimiz kerak”, deya bayonot bergan edi.
XS
SM
MD
LG