Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:52

Prezident Karimovning yangi kitobi nashr etildi


Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan yangi kitobi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi.

O‘zA agentligi xabariga ko‘ra, yangi kitobdan Islom Karimovning mamlakat mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) olib borgan faoliyatini aks ettirgan ma‘ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyulari o‘rin olgan.

O‘zAga ko‘ra¸ kitobda 1989 yildagi “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” kampaniyalari, sobiq Markazdan yuborilgan “desantchilar” guruhlarining o‘zbek xalqiga nisbatan tazyiq va ta‘qiblari davrida Islom Karimovning “tarixiy qadamlar” qo‘ygani¸ hamda shu yillarda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida dono qarorlar qabul qilgani o‘z aksini topgan.

Xususan O‘zA agentligi, 1991 yilning 17-19 avgust kunlari Islom Karimov Hindistonda rasmiy safarda bo‘lganida, ayrim rahbarlarning GKChPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlagan paytida Karimovning tutgan “vazmin siyosati”ni misol tarzida keltiradi.

Ayni paytda kitobning qancha nusxada chiqqani va narxi qancha ekani haqidagi ma‘lumotlar e‘lon qilinganicha yo‘q.
XS
SM
MD
LG