Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:34

"Putin armiyasi": Putin uchun yirtvoraman!


O‘zini "Putin armiyasi" guruhi a‘zosi, deb tanishtirgan talaba qiz Diana.
O‘zini "Putin armiyasi" guruhi a‘zosi, deb tanishtirgan talaba qiz Diana.
Internetda paydo bo‘lgan rossiyalik qizlar guruhi Putin uchun har narsaga qodirligini ko‘rsatish uchun ko‘ylagini yirtmoqda.

"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida Bosh vazir Vladimir Putinga tarafdor bo‘lgan rossiyalik yosh qizlarning "Putin armiyasi" nomli guruhi tashkil qilindi.

- Biz Vladimir Vladimirovichni ko‘pchilik, shu jumladan, go‘zal, yosh va aqlli qizlar ham quvvatalashini ko‘rsatamiz. Biz Putin obro‘li-e‘tiborli va xolis siyosatchi, shuningdek, kelishgan erkak, degan fikrda yakdilmiz. Bizning maqsadimiz: "Putin – Prezident!", - deya videorolik hozirlagan qizlar rossiyalik qizlarni o‘z safiga birlashishga chaqirgan.

Bu aksiyaning internetdagi yulduzi bo‘lishni istagan qizlar esa "nimanidir yoki kimnidir Putin uchun yirtish"ga chaqirilgan tanlovda ishtirok etishishi lozim.

Tanlov shartiga ko‘ra, Putin uchun kimnidir yoki nimanidir yirtgan qizlar bu harakatini videorolikda aks ettirib, internetga joylashtirishi kerak.

G‘olibni iPad 2 rusumidagi kompyuter kutmoqda.

"Putin armiyasi" videoroligida
bosh qahramon bo‘lgan va o‘zini Diana, deb tanishtirgan talaba qiz u va uning mamlakati hayotini o‘zgartirgan odam, deya tilga olgani Rossiya Bosh vaziri Putinga cheksiz muhabbatini izhor qilgan.

- Uni millionlar yaxshi ko‘radi. Unga ishonishadi. Lekin, unga ahlat yopishtirayotgan bir hovuch odam bor. Balki undan qo‘rqishgani uchun, balki o‘zining ojizligi uchun, balki hech qachon uning o‘rnida bo‘la olmasligi uchundir, - deydi videorolik orqali rossiyalik tengdoshlariga murojaat yo‘lagan talaba qiz.

Videorolik so‘nggida esa bu sarvqomat qiz «Putin uchun yirtvoraman!» shiori bitilgan ko‘ylagini yirtib tashlaydi.

Bu guruh bir necha kundan so‘ng Moskva shahrining Pushkinskaya maydonida xuddi shunday aksiya bilan chiqish qilishini e‘lon qilgan.

Istaganlar bularning harakatiga birlashib, Putin uchun o‘z kiyimini yirtishi mumkin.

Hozirgacha bu guruhga mingdan ortiq odam birlashgani aytilmoqda.

Uning ishtirokchilaridan biri Anastasiya Volkopyalova maqsadini shunday izohlaydi:

- Bizda bitta global maqsad bor – Putin yana prezident bo‘lishini istaymiz. Garchi harakatimiz bu so‘zlarning to‘liq ma‘nosidagi maqsadga erishishga qaratilmagan bo‘lsada, biz bu odamga jamoatchilik e‘tiborini qaratishni istaymiz, – deydi "Putin armiyasi" guruhi a‘zosi.

Ayni paytda yosh qizlarning bu harakatini quvvatlamaganlar aynan o‘sha "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida "Aksil Putin armiyasi" nomi ostida yana bir guruh tashkil qildi.

Unga a‘zo bo‘lib kirgan Konstantin Kojevnikov shunday deydi:

- Men "Putin armiyasi"ni ahloqsiz harakat, deb hisoblayman. Ularning videosi buzuqchilikni targ‘ib qiladi: ular ayol kishining ko‘kragini namoyish qilishdek harakat bilan odamlar ongiga siyosiy fikrni singdirishga urinmoqda. Bu esa Putin saylovda normal yo‘l bilan yetarlicha ovoz yig‘ib olishga qodir emasligini ko‘rasatadi, - deydi "Aksil Putin armiyasi" nomli guruh a‘zosi Konstantin Kojevnikov.
XS
SM
MD
LG