Линклар

Liviya havo hududlarini nazorat qilayotgan Britaniya uchqichlari qo‘mondoni Muammar Qaddafiy rejimiga qarashli havo kuchlari "jangovar kuch sifatida yo‘q qilingani"ni ma‘lum qildi.

Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, Qaddafiy tanklari hamon harbiy amaliyotlarda qatnashmoqda va Misrata shahridagi kasalxonani o‘qqa tutmoqda.

Misrata aholisi tanklar va og‘ir artilleriya yordamida "qatliom" amalga oshirilayotgani, uylar vayron qilinayotgani va snayperlar odamlarni nishonga olayotganini aytmoqda.

Muxolifat vakillariga ko‘ra, Misratada so‘ngi soatlar ichida 16 kishi o‘ldirilgan¸ yana olti kishi Zintan shaharchasida halok bo‘lgan.

Ayni paytda NATOga a‘zo 28 davlat vakillari Bryusselda to‘planib, harbiy al‘yansning BMT mandati bo‘yicha Liviya havo hududlarida parvozlarni taqiqlash missiyasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha choralarni muhokama qildi.
XS
SM
MD
LG