Линклар

Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiy milliy televideniye ko‘rsatuvida qisqa ko‘rinish berdi.

Unda Qaddafiyni Liviyadagi qabila boshliqlari bilan birga turgan holda namoyish qilishdi.

Qaddafiy 30 aprel kunida uning Tripolidagi qarorgohi NATO tomonidan bombalanganidan beri ko‘rinish bermay kelayotgan edi.

Chorshanba kuni Liviya isyonchilari Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar bilan qattiq jangdan keyin Misrata shahri aeroportini o‘z nazoratiga olgani xabar qilinmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Liviyaning uchinchi yirik shahri bo‘lgan va Qaddafiy kuchlari ikki oydan beri qurshovda ushlab kelgan Misrata aeroporti tunda bo‘lib o‘tgan jangdan keyin isyonchilar qo‘liga o‘tgan.

Huquq himoyachilari O‘rtayer dengizi sohilida joylashgan yarim million aholiga ega Misratada oziq-ovqat va dori-darmonlar yetishmagani bois gumanitar bo‘hron vujudga kelishidan ogohlantirib kelayotgan edi.

Shahar Qaddafiy tarafdorlari tomonidan qamal qilinib, unga kirib chiqish dengiz orqali amalga oshayotgan edi.

Ayni paytda, guvohlarga ko‘ra, bugun poytaxt Tripolining sharqiy qismi bir soat davomida havo zarbalaridan larzaga kelgan.

Yevropa Ittifoqi Liviyaning Beng‘ozi shahrida idora ochib, u yerda joylashgan isyonchi kuchlar ma‘muriyatiga yordam ko‘rsatish niyatini bildirdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG