Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:36

Shimoliy va janubiy qutblardagi muzliklar rekord darajada ozaydi


Arktika va Antarktikadagi mangu muz qatlamlari rekord darajada ozayib ketdi. Qutblardagi muzliklar 38 yil oldin sun’iy yo‘ldosh yordamida kuzatuvlar boshlanganidan beri hech bu qadar oz bo‘lmagan. Bu haqda chorshanba kuni amerikalik olimlar bildirdi.

Arktikadagi muzliklar ko‘lami odatda mart oyida eng katta bo‘ladi. Ammo NASA e’lon qilgan bildiruvga ko‘ra, 7 mart kuni Shimoliy qutbdagi muzliklarning qish oylaridagi ko‘lami rekord darajada ozaygani qayd etilgan.

3 mart kuni NASA tomonidan dastaklangan Milliy qor va muz ma’lumotlari markazi “yoz oxirida janubiy yarim sharda Antarktika atrofidagi dengiz muzliklari yo‘ldoshlar qayd etgan eng past ko‘rsatkichga tushgani”ni e’lon qilgan edi.

So‘nggi uch yil ichida Yer sathi rekord darajada isidi. Bu esa olimlar orasida global isish hamda issiqxona gazlari haqida xavotirlarni kuchaytirmoqda.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, Arktika muzlari 1979 yildan beri har o‘n yillikda o‘rtacha 2,8 foizga qisqarmoqda.

Antarktikada ham muzliklar rekord darajada ozaydi. Olimlar buning sababi nima ekanligini hali aniq bilmaydi.

NASAning Goddard Fazoga uchish markazi olimi Uolt Meyer: “Biz kuzatayotgan rekord darajalar global isish Antarktikaga nihoyat etib borganini anglatadi, deb o‘ylashimiz mumkin. Ammo bu yillik o‘zgarishlarning keskin holati bo‘lishi mumkin. Sezilarli o‘zgarish bo‘lganini aniqlashimiz uchun yana bir necha yillik ma’lumot kerak bo‘ladi”, dedi.

XS
SM
MD
LG