Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:54

Taniqli rus qo‘shiqchisi Grebenshchikov Muhammad Bekjonga maktub yo‘lladi


Muhammad Bekjon dastak maktubi uchun mashhur qo‘shiqchi Grebenshchikovdan minnatdor ekanini aytgan.
Muhammad Bekjon dastak maktubi uchun mashhur qo‘shiqchi Grebenshchikovdan minnatdor ekanini aytgan.

Rossiyalik mashhur xonanda Boris Grebenshchikov bir oy muqaddam qamoqdan chiqqan jurnalist Muhammad Bekjonga maktub yo‘llagan. Bu haqda xabar tarqatgan Eltuz nashriga ko‘ra, sobiq siyosiy tutqun Muhammad Bekjon mashhur qo‘shiqchi e’tiboridan xursandligini bildirgan.

“Ochig‘i sira kutmagandim men uchun sevimli qo‘shiqchidan bunday maktub olishni”, degan Muhammad Bekjon.

21 mart kuni Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkiloti tarqatgan bu xushxabarni unga qizi Oygul etkazgan.

Xalqaro tashkilotning Rossiya vakolatxonasi direktori Sergey Nikitinning aytishicha, “Boris konsert oldidan saundchekni bir zum to‘xtatib, stolga o‘tirdi, Muhammad Bekjon bilan birdamlik maktubini yozdi, qisqa, biroq hayajonli qo‘llab-quvvatlash xatini”.

Rossiyalik rok qo‘shiqchisi Boris Grebenshchikovning sobiq siyosiy tutqun Muhammad Bekjonga yo‘llagan nomasi.
Rossiyalik rok qo‘shiqchisi Boris Grebenshchikovning sobiq siyosiy tutqun Muhammad Bekjonga yo‘llagan nomasi.

Nikitin o‘zbek jurnalistining ozod etilgani haqidagi quvonchli xabarni etkazish uchun Boris Grebenshchikov bilan uchrashgan.

“Umid qilamizki, u rossiyalik xonanda va shoir maktubini olishdan juda xursand bo‘ladi. Tag‘in Boris Grebenshchikovdan. Akvarium lideri, afsonaviy musiqachidan. O‘zganing dardiga befarq bo‘lmagan, nohaq panjara ortiga tashlanganlar haqini so‘rayotgan insondan”, deb yozgan Amnesty International tashkilotining Rossiya vakolatxonasi direktori Sergey Nikitin.​

Rossiyada rok musiqa asoschilaridan biri, “Akvarium” guruhi qo‘shiqchisi Boris Grebenshchikov bir yarim yil muqaddam qamoqdagi jurnalist, siyosiy mahkum Muhammad Bekjonni ozod qilish aksiyasida ishtirok qilgan vauning portretini ko‘tarib tushgan fotosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan edi.

Rossiyalik mashhur rok qo‘shiqchisi Boris Grebenshchikov.
Rossiyalik mashhur rok qo‘shiqchisi Boris Grebenshchikov.

O‘zbekistonliklar Boris Grebenshchikovni “Sirli o‘zbek” qo‘shig‘i orqali ham yaxshi taniydilar.

O‘zbekiston qamoqxonalarida 18 yil o‘tirgan jurnalist Muhammad Bekjon shu yil 22 fevral kuni ozodlikka chiqqan edi. U dunyoda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist o‘laroq e’tirof etiladi.

XS
SM
MD
LG