Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:52

Qaddafiy nazorati ostidagi hudud toraymoqda


Hozir Liviyaning sharqiy qismi, jumladan, mamlakatning Kirenaika viloyati, Tobruk va Beng‘ozi shaharlari aksilhukumat kuchlari nazoratiga o‘tgan.

Muammar Qaddafiy nazorati ostida Liviyaning tobora kam hududi qolayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Qo‘zg‘olonchilar tarafiga o‘tib ketayotgan harbiy hizmatchilar soni ham ortmoqda.

Liviyada Muammar Qaddafiydan keyingi ikkinchi shaxs deb ko‘riladigan ichki ishlar vaziri Abdul Fattoh Yunus al-Obidiy ham muxolifat tarafiga o‘tdi va armiyani ham xalq tomoniga o‘tishga chaqirdi.

Kecha Liviya armiyasiga tegishli qiruvchi uchqich halokatga uchradi.

Beng‘ozini bombardimon qilish buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan uchqich ekipaji o‘zlarini katapulta qildi.

Poytaxt Tripoli hamon Qaddafiyga tarafdor kuchlar qo‘lida qolmoqda, shaharda o‘q ovozlari tinmayapti.

Liviyada Qaddafiyga qarshi namoyishlar boshlanganidan o‘n kun o‘tib halok bo‘lganlar soni 300 dan ortgan.

Parijdagi Inson huquqlari xalqaro federatsiya esa Liviyada kamida 640 odam nobud bo‘lgan, demoqda.

Xalqaro hamjamiyat bir ovozdan namoyishchilarga qarshi shafqatsiz kuch qo‘llanganini qoralamoqda.
XS
SM
MD
LG