Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:41

Qaddafiy qarorgohiga havodan zarba berildi


Bugun tunda Liviya poytaxti Tripolida kuchli portlash ovozlari eshitildi.

“Frans-press” agentligiga ko‘ra, shahar uzra NATO uchoqlari parvoz qilgan. Liviya telekanallari ko‘rsatuvlarida uzilishlar yuz berdi.

Assoshieyted Press agentligining Liviya rasmiylariga tayanib xabar qilishicha, havodan Muammar Qaddafiy qarorgohiga zarbalar berilgan. Qarorgohga ikkitadan to‘rttagacha bomba tushgan bo‘lishi mumkin.

Reytersga ko‘ra, 45 kishi yaralangan, ulardan 15 nafari og‘ir ahvolda.
XS
SM
MD
LG