Линклар

Qaddafiyga nisbatan xalqaro bosim kuchaymoqda


Muammar Qaddafi Misr eks-prezidenti Husni Muborak (o'ngda) va Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih yelkalariga qo'lini qo'ygan holda. Surat 2010 yil 10 oktabrda olingan.

Muammar Qaddafi Misr eks-prezidenti Husni Muborak (o'ngda) va Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih yelkalariga qo'lini qo'ygan holda. Surat 2010 yil 10 oktabrda olingan.

AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Jenevada Yevropalik ittifoqchilari bilan Liviyadagi bo‘hron masalasini muhokama qilmoqda. Klinton shuningdek BMT Inson huquqlar kengashi majlisida chiqish qiladi. Mazkur kengash Liviyani o‘z safidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqadi.

BMT Xavfsizlik kengashi Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiy va unga yaqin shaxslarga nisbatan viza cheklovi va hisob raqamalarini muzlatish kabi jazo choralarini joriy qildi.

Xavfsizlik kengashi shuningdek qurol embargosini qo‘llab, ikki ming kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan Qaddafiy rejimi harakatlarini Xalqaro jinoyat sudida ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Liviyani 42 yildan beri boshqarib kelgan Qaddafiyga nisbatan xalqaro bosim kuchaymoqda.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Heyg “polkovnik Qaddafiy ketadigan payt keldi” deya ta‘kidladi. Yakshanba kuni Heyg Britaniya Qaddafiy va uning oila a‘zolarini diplomatik dahlsizlikdan mahrum qilganini ham e‘lon qildi.

- Kecha kechqurun men Muammar Qaddafiy, uning o‘g‘illari, oila a‘zolari va unga tegigshli mulkalrning Britaniyadagi diplomatik daxlsizligini bekor qilish to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdim. Uning qanday maqomda ekani biz uchun aniq,- dedi Uilyam Heyg.

Shanba kuni AQSh Prezidenti Barak Obama birinchi marta Qaddafiyni darhol iste‘foga ketishga chaqirdi.

Yakshanba kuni Italiya Tashqi ishlar vaziri Franko Frattini Qaddafiyning hokimiyatdan ketishi “muqarrar”, deya bayon qildi.

Ayni paytda, mamlakatning ikkinchi yirik shahri Beng‘ozida 68 yashar Qaddafiyning muxoliflari Liviya Milliy Kengashini tuzganlarini e‘lon qildilar.
XS
SM
MD
LG