Линклар

AQSh Prezidenti Barak Obama seshanba kuni Vashingtonda chiqish qilib¸ Qo‘shma Shtatlarga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Liviya lideri Muammar Qaddafiyni lavozimdan ketkazish uchun qilinadigan bosimlarni kelishib olganini ta‘kidladi.

Seshanba kuni NATO uchqichlari Tripolini va xususan, Qaddafiy qarorgohini bombaladi.

Liviya telekanali esa seshanba kuni Muammar Qaddafiyning navbatdagi ma‘ruzasini ëyinladi.

- Bizda faqat bir yo‘l bor, u ham bo‘lsa o‘z mamlakatimizda qolamiz. Ë tirik, ë o‘lik tarzda bo‘lsa ham, ammo mag‘lub bo‘lmaymiz. Biz qochmaymiz¸ biz asir tushmaymiz va biz mamlakatimizni sotmaymiz. Biz o‘limni olqishlaymiz. Mazlum bo‘lib o‘lish qul bo‘lishdan million marta yaxshidir¸ - der ekan Muammar Qaddafiy tarixdan misollar keltirdi.

- Siz Liviya halqini qo‘rqita olmaysiz. Tripoli o‘z tarixida ko‘p hujumlarni ko‘rdi. Vizantiyaliklar¸ ispanlar¸ rimliklar¸ Italiya va Malta askarlari bizga hujum qilganida Tripoli qarshilik ko‘rsatgan edi, u xozir ham qarshilik qilmoqda. Liviyaliklarga zafar ër bo‘lsin¸ - dedi Muammar Qaddafiy.
XS
SM
MD
LG