Линклар

logo-print
Haagadagi Xalqaro jinoyatlar sudi bugun Liviya lideri Muammar Qaddafiy va uning atrofidagilarni qamoqqa olishga order berish masalasini ko‘rib chiqadi.

Xalqaro sudning bosh prokurori Luis Moreno-Okampoga ko‘ra¸ Muammar Qaddafiy va uning o‘g‘li Sayfal Islom¸ Liviya razvyedkasi boshlig‘i Abdulla as-Senusiyning insoniyatga qarshi jinoyatlari yuzasidan yetarli isbotlar mavjud.

Gap shu yilning fevral oyida boshlangan namoyishlarga qarshi kuch ishlatish haqida bormoqda.

Liviya hukumatining vakili Ibrohim Musa yakshanba kuni mamlakat qurolli to‘qnashuvlarga sahna qilingan bo‘lsa-da, “Qaddafiy Liviya xalqining tarixiy tanlovi” bo‘lib qolaëtganligini va uni hokimiyatdan chetlatish mumkin emasligini ta‘kidladi.
XS
SM
MD
LG