Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:27

Qarshining yirik g'alabasi: "Nasaf" - "Dempo' 9:0


OFK kubogining 4-tur doirasida Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z uyida Xindistonning to'rt karra chempioni "Dempo" klubini qabul qildi. "Dempo" stadionida o'ynagani kabi, "Nasaf" o'z uyida katta mahorat ko'rsatib, o'yinning yirik 9:0 hisobi bilan tugatdi.

O'yin butunlay mezbonlar nazorati o'stida o'tdi. 6-chi daqiqadayoq jarohat olib, maydonni tark etgan "Dempo" posboni Luis, darvozani o'z uyida "Nasaf"dan to'rt gol o'tkazib yuborgan zahira posboni Subhasishga bo'shatib berdi. Shundan so'ng "Nasaf"ning gollar seriyasi boshlandi.

O'yinda "ajdarlar"ning turkmanistonlik legioni Artur Gevorkyan dublga erishgan bo'lsa, jarohati tuzalib safga qaytgan chernogoriyalik legioner Ivan Boshkovich esa raqib darvozasini 4 marta ishg'ol etdi. Qolgan gollarga Andrey Pereplyotkins, Ilhom Shomurodov, Shuhratbek Mirholdirshoyevlar mualliflik qilishdi.

Eslatib o'tamiz, "Dempo" uyida o'tgan o'yinda ham "Nasaf" o'yinni 0:4 hisobi bilan o'z foydasiga yakunlagan edi.

Xindistonlik jamoani yirik hisob bilan mag'lub etgan "Nasaf" muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.
XS
SM
MD
LG