Линклар

Ozodlik tinglovchisining xabar qilishicha, Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida 21 may kuni sodir bo‘lgan kuchli yong‘indan 5 kishi, shu jumladan 3 bola nobud bo‘lgan.

Yong‘indan 54 va 32 yoshli ikki kishi, 17 yashar bir o‘smir, 10 yashar qiz hamda 6 yashar bola halok bo‘lgan. Yong‘indan zarar ko‘rgan yana bir yosh bola – 6 yashar qizcha kasalxonaga yotqizilgan.

Tinglovchimizdan olingan bu xabar Regnum axborot agentligining 24 may kungi xabari bilan ham tasdiqlandi. Agentlikning shahar ichki ishlar boshqarmasiga tayanib xabar qilishicha, yong‘in yuzasidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG