Линклар

logo-print
Bir guruh qirg‘izistonlik siyosatchilar mamlakat poytaxti Bishkek nomini Manas deb o‘zgartirish uchun imzo to‘plashga kirishgan.

Qirg‘izistonlik faol Toktayim Umetaliyevaga ko‘ra, mamlakatdagi qator siyosiy guruhlar poytaxtga Manas nomi berilishini istamoqda.

Manas-epik doston qahramoni. Ayrimlarning da‘vo qilishicha, u 1000 yil oldin yozilgan va dunyodagi eng uzun eposdir.

Umetaliyeva 1 sentabrga qadar 10 mingta imzo to‘plab, Qirg‘iziston poytaxtini Manas deb atash masalasini parlament muxokamasiga qo‘yish niyatida.
XS
SM
MD
LG