Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:01

Qirg‘iziston Bojxona ittifoqiga a‘zo bo‘lmoqchi


Qirg‘iziston joriy yilda Belarus-Qozog‘iston-Rossiya o‘rtasida tuzilgan Bojxona ittifoqiga a‘zo bo‘lishga harakat qilmoqda.

Qirg‘izistonning Iqtisodiy rivojlanish vaziri Uchqun Tashbayev hukumatning 11 aprel kungi yig‘ilishida mamlakatning Bojxona ittifoqiga a‘zo bo‘lishi haqida qaror qabul qilgani va uni amalga oshirish uchun maxsus komissiya tuzilganini ma‘lum qildi.

Tashbayevga ko‘ra, Bojxona ittifoqi a‘zolarining 15 may kuni Yalta shahrida va sentabr oyida bo‘ladigan keyingi yig‘ilishida boshqa masalalar qatori Qirg‘izistonning tashkilotga a‘zo bo‘lishi masalasi ham muhokama etiladi.

Ayni paytda Ukraina va Tojikiston ham Bojxona ittifoqiga qo‘shilishga qiziqish bildirgan.

Belarus-Qozog‘iston-Rossiya o‘rtasida tuzilgan Bojxona ittifoqi 2010 yil 1 yanvardan faoliyat yuritib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG