Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:59

Qirg‘iziston O‘zbekistondan qarz bo‘lib qoldi


“Qirg‘izgaz”ning O‘zbekistondan qarzi 1 million dollarga yetdi.

Bu haqda 24 may kuni Qirg‘iziston parlamentining Yonilg‘i-energetika majmui bo‘yicha qo‘mitasi majlisida “Qirg‘izgaz” hissadorlik jamiyati bosh direktori o‘rinbosari Abdimajit Mamatisayev bayonot berdi.

Ayni paytda Qirg‘iziston O‘zbekistondan gaz ombori va neft konlarini qaytarib olmoqchi.

Qirg‘iziston parlamenti o‘zining joriy oy ikkinchi o‘n kunligida “Botken viloyati hududida joylashgan va “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding shirkati tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan Shimoliy So‘x yerosti gaz ombori hamda Shimoliy So‘x va Cho‘ng‘ara-G‘alcha gaz-neft konlarini Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga qaytarish to‘g‘risida“gi qaror loyihasini qabul qilgan edi.
XS
SM
MD
LG