Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:12

Qirg‘iziston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi


Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Roza O‘tunbayeva 22 mart kuni Anvarbek Mokeyevni Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash haqidagi farmonga imzo chekdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Mokeyev 1986 – 1988 yillarda Qirg‘iziston davlat univyersitetining O‘rta asr va qadimiy dunyo kafedrasi mudiri, keyinroq Bishkekdagi Gumanitar univyersitetning Sharqshunoslik fakulteti dekani bo‘lib ishlagan.

Professor Anvar Makeyev so‘nggi yillarda diplomatik sohada faoliyat yuritib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG