Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:27

Namanganda musodara qilingan mollar arzon-garovga sotib yuborildi


Namangan shahri va tumanlarida konfiskatsiya qilingan mollar yarmarkasi o‘tkazildi. Viloyat Sud departamenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan yarmarkada davlat hisobiga musodara qilingan avtotransport vositalaridan tortib qurilish mollari, barcha yoshdagi ayollar va erkaklar kiyimlari hamda ro‘zg‘or buyumlari arzon narxlarda sotuvga qo‘yildi.

Namangan viloyati Sud departamenti mulozimining Ozodlikka aytishicha, 21-22 yanvar kunlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilgan yarmarkada musodara etilgan mollar o‘z narxidan 50-70 foiz arzon narxda sotilgan va ikki kunlik savdodan tushum 1 milliard so‘mdan ko‘proqni tashkil etgan:

- Yarmarkada sudning qarori asosida davlat hisobiga musodara etilgan mollar sotuvga qo‘yildi. Mashina, uyali telefonlar, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or mollari o‘z narxidan 70 foizgacha arzon qilib sotildi. Bular¸ asosan¸ O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilayotganda yoki tekshiruvlar payti konfiskatsiya qilingan va sud qarori bilan davlat hisobiga musodara etilgan mollar. Shuning uchun sotuvdan tushgan pulning hammasi davlat byudjeti hisobiga o‘tkaziladi, - dedi Namangan viloyati Sud departamenti mulozimi.

Mulozimning aytishicha, yarmarkaga qo‘yilgan mollar narxini Sud departamentidagi maxsus komissiya belgilagan.

Ayrim mollar shu komissiya tashkil etgan kimoshdi savdolarida ham sotilmoqda:

-Sud departamentida maxsus komissiya bor. Konfiskatsiya qilingan mollar savdosini shu komissiya tashkil etadi va savdodan keladigan tushumning hammasini davlat byudjetiga tushishini shu komissiya nazorat qiladi, - dedi Namangan Sud departamenti mulozimi.

Namanganlik Zohidxonning Ozodlikka aytishicha, yarmarkada 10 ming dollarlik “Neksiya” mashinasi 5200 dollarga sotilgan:

-“Lasetti”, “Neksiya”, “Damas” mashinalarini yarim narxida sotishdi. Uyali telefonlar juda ko‘p sotildi. Ko‘z oldimda 2012 yilda chiqqan 10 ming dollarlik “Neksiya” mashinasini 5200 dollarga sotib olishdi, - deydi Zohidxon.

O‘zbekiston Adliya vazirligining Sud qarorlarini ijro etish departamenti endilikda musodara etilgan mollar yarmarkasini boshqa viloyatlarda ham tashkillashtirishni rejalamoqda:

- Vazirlar Maxkamasining 200-sonli qarori bor. Shu qaror asosida bu yarmarkalar o‘tkazilayapti. Navbatdagisi 28-29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi, - dedi sud qarorlarini ijro etuvchi departament mulozimi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan yili 4000 ta rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazilgan, ular natijasida tadbirkorlar 1,5 mlrd so‘m miqdorida jarimaga tortilib, ularning 4,4 mlrd so‘mlik tovarlari musodara qilingan, 1500 dan ziyod material sudlarga taqdim etilgan.

XS
SM
MD
LG