Линклар

Qirg‘izistonda Azimjon Asqarovning apellyatsiya sudi kechiktirildi


Kyrgyzstan -- Uzbek ethnic human rights defender Azimjan Askarov, Sep2010

Kyrgyzstan -- Uzbek ethnic human rights defender Azimjan Askarov, Sep2010

Qirg‘iziston Oliy sudi taniqli huquq himoyachisi Azimjon Asqarov va yana yetti nafar o‘zbekning appelyatsiya sudini kechiktirdi.

Asqarov o‘tgan yil iyunida mamlakat janubida sodir bo‘lgan tartibsizliklar paytida qirg‘iz militsiyasi xodimini o‘ldirganlik aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Mahalliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Qirg‘iziston sudi chiqargan hukmini keskin tanqid qilgan.

8 fevral kuni boshlangan apellyatsiya sudi qamoqxona sharoiti yuzasidan tekshiruv o‘tkazish haqida Asqarovning advokati talab qilgan so‘roviga javob kelgunicha kechiktirildi.

Apellyatsiya sud qachon davom etishi ma‘lum qilinmadi.

O‘tgan oy Bishkekdagi AQSh elchixonasi apellyatsiya sudi alodatli bo‘lmasligi xususida xavotir bildirgan edi.
XS
SM
MD
LG