Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:26

Qirg‘izistonda inqilob qurbonlari xotirlandi


Inqilob qurbonlarini xotirlaganlar orasida prezident Roza O‘tunbayeva bilan boshqa amaldorlar ham ko‘rish mumkin edi.
Inqilob qurbonlarini xotirlaganlar orasida prezident Roza O‘tunbayeva bilan boshqa amaldorlar ham ko‘rish mumkin edi.
7 aprel kuni Qirg‘izistonda 2010 yilning shu kunida sodir bo‘lgan navbatdagi inqilob qurbonlari xotirlandi.

O‘tgan yili 7 aprel kuni sodir bo‘lgan ba‘zilar inqilob deb atagan, boshqlar davlat to‘ntarishi deyayotgan hodisada 90 ga yaqin odam nobud bo‘lgan edi. O‘shanda hokimiyatni saqlab qolishga harakat qilgan prezident Bakiyev 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi muxolifat liderlarining ommaviy tarzda qamoqqa olinganidan norozi bo‘lgan o‘n minglab namoyishchilarga qarata o‘q ottirgan edi.

2010 yil 7 aprel voqeasi qurboning onasi.
Oradan bir yil o‘tib, Bishkekda o‘sha qonli kunlar xotirlandi. Xotira tadbiri o‘tgan yilning 7 aprel kuni xalok bo‘lgan norozilar dafn etilgan Ata beyit qabristonidan boshlandi. Bu yerga hukumat rahbarlari, marhumlarning yaqinlari va minglab oddiy fuqarolar yig‘ildilar.

- Biz erkinlikni, inson hayotining asosi bo‘lgan huquqni va demokratik davlatni asosladik. Biz hokimiyat monopoliyasini bekor qilamiz, korrputsiya va kriminalni yo‘q qilamiz. Demak 7 aprel g‘oyalarini amalga oshir yo‘lidagi kurash davom etavyeradi negaki bizning chinakkamiga demokratik bo‘lgan, erkin va ozod Qirg‘izistonda yashagimiz keladi,- dedi Roza O‘tunbayeva.

Ata beyit qabristonidagi tadbirdan so‘ng Bishkek ko‘chalarida 7 aprelvoqealari ishtirokchilarining piyoda yurishi boshlandi. Ular o‘tgan yilning 7 aprelida militsiya va maxsus xizmatlar to‘siqlaridan oshib o‘tib, maydonga yetib kelgan yo‘llarini bugun qayta bosib o‘tdilar. Piyoda yurish jarayonida, ya‘ni soat 14 dan 16 gacha Bishkekning markaziy ko‘chalarida avtomobil qatnovi to‘xtab qoldi. Bu yurishda 5 mingdan oshiqroq odam ishtirok etdi.

Bishkek maydonlarida 7 aprel kuni sodir bo‘lgan voqealar aks ettirilgan teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi.
Ayni paytda qirg‘iz jamiyatida 7 aprel inqilobi o‘z maqsadiga yetdimi, degan savol ham paydo bo‘lmoqda. Ko‘pchilik siyosatshunoslar fikricha, 7 apreld inqilobidan so‘ng Qirg‘izistonning parlament boshqaruvildagi davlatga aylanishi katta yutuqdir. Ayni paytda parlament tarafidan shakllantirilgan koalitsion hukumatning zaifligi esa yutquziqdir. Bu borada fikr bildirgan Qirg‘iziston sobiq davlat kotibi Ishenbay Abdurazzoqov mana bularni aytdi:

- Parlament boshqaruvi o‘zining foydali ekanini isbot qildi. Biroq bu tizimni to‘g‘ri qo‘llay olish uchun qirg‘iz siyosiy elitasi ham tayyor bo‘lishi kerak. Hozir ayni mana shu siyosiy bilm va madaniyat yetishmayapti,- deydi Ishenbay Abdurazzaqov.
XS
SM
MD
LG