Линклар

logo-print
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, prezidentlikga nomzodlar soni 35 nafarga yetdi, ulardan 28 nafari mustaqil nomzodlardir.

Kuni kecha Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi Janish Rustenbekov ham prezidentlik saylovi poygasida ishtirok etish istagini bildirdi.

Nomzodlar ro‘yxatida ishsizlar, uy bekalari, fermerlar, deputatlar, iste‘fodagi militsiya generali, sobiq harbiy, tadbirkorlar va jurnalistlar bor.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, nomzodlar 30 ming imzo to‘plashi va taxminan 2200 AQSh dollari miqdorida garov puli berishi kerak.

Qirg‘izistonda prezident 6 yilga saylanadi. Qirg‘iziston qonunlariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi rahbari Roza O‘tunbayeva saylovga o‘z nomzodini qo‘yish huquqiga ega emas.

Qirg‘iziston mustaqilligining 20 yillik tarixida hukumat almashinuvi hech qachon tinch yo‘l bilan amalga oshmagan.
XS
SM
MD
LG