Линклар

Jalolobod viloyat prokuraturasi qirg‘izistonlik o‘zbeklarning bir qator liderlari – Qodirjon Botirov, Inomjon Abdurasulov, Abdurahmon Abdullayev, Muhammadrasul Abaqjonov, Xaliljon Xudoyberdiyev va Javlon Mirzaxo‘jayevlar ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni yakunladi.

Bu haqda prokuraturadan olingan ma‘lumotga tayanib. Farg‘ona.Ru sayti xabar qildi.

Tilga olingan o‘zbeklar ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda, separatchilikda, milliy, irqiy, diniy va mintaqaviy nizo qo‘zg‘ashda ayblanmoqda.

Shuningdek, Qodirjon Botirovdan tashqari qolgan 5 kishi noqonuniy qurolli guruh tuzganlikda ayblanmoqda.

Separatchilik va qurolli guruh tuzganlikda ayblanganlardan biri, O‘shTV telekompaniyasi sohibi, hozirda qochqinlikda yashayotgan Xaliljon Xudoyberdiyev o‘ziga nisbatan e‘lon qilinayotgan ayblovlarga munosabat bildirar ekan, jumladan bunday dedi:

-Jinoiy ish, deb ataydigan ishning o‘zi yo‘q. Birovni o‘ldirgan, qaroqchilik qilgan, banda tashkil qilgan degan gaplarning hammasi quruq gaplar.

Iyun voqealarini o‘rganish bo‘yicha Milliy komissiya raisi Abdug‘ani Erkabayev qirg‘izistonlik o‘zbeklar avtonomiya talab qilmaganini o‘z vaqtida tan olgan edi.

Xabarlarga qaraganda, tilga olingan 6 o‘zbek ustidan sud 29 aprel kuni Jalolobod shahar sudida boshlanadi.

Sudlanuvchilardan birontasi ham shu kunda Qirg‘izistonda emas. Ta‘qiblardan qochib, shu kunda boshqa mamlakatlarda qochqinlikda kun ko‘rmoqda.
XS
SM
MD
LG