Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:02

Britaniya parlamenti oldidagi otishmaga terror hujumi deya qaralmoqda (Video)


Британия парламенти олдида отишма бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00

22 mart kuni Britaniya parlamenti binosi oldidagi otishmada bir necha odam jarohatlandi. Hodisa joyi politsiya bilan o‘rab olindi. Otishmaga terror hujumi deya qaralmoqda. Hujum ortidan Britaniya parlamenti faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Britaniya bosh vaziri xavfsiz joyga olib o‘tildi.

Xabarlarga ko‘ra, London markazidagi Britaniya parlamenti qarshisida qora kiyimdagi shaxs politsiyachiga pichoq bilan hujum qilgan. Politsiyachilar hujumchiga qarata o‘q uzgan.

Hodisa joyi politsiya bilan o‘rab olindi.
Hodisa joyi politsiya bilan o‘rab olindi.

Shundan so‘ng pichoq ko‘targan shaxs Vestminstr saroyi darvozasi tomon tashlangan.

Hujumchi boshqa bir xavfsizlik xodimi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Parlament binosi oldida ikki odamga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ayrim xabarlarda Londondagi hujumda 10ga yaqin odamning jarohatlangani aytilmoqda.

Londondagi hujumda 10ga yaqin odamning jarohatlangan.
Londondagi hujumda 10ga yaqin odamning jarohatlangan.

Parlament binosi oldidagi otishmadan so‘ng, Vestministr ko‘prigida avtomobil kamida 5 odamni urib ketgan.

Ayrim guvohlar ko‘prikda kamida 8 odamning jarohatlanganini ko‘rganliklarini aytishgan.

Vestminstr ko‘prigida mashina kamida sakkiz odamni urib ketgan.
Vestminstr ko‘prigida mashina kamida sakkiz odamni urib ketgan.

Odamlarni urib ketgan mashina ko‘prik ustuniga borib urilgan.

Londondagi hujum Belgiya poytaxtida 32 odam o‘limiga sabab bo‘lgan terror hujumlaridan roppa-rosa bir yil o‘tib ro‘y bermoqda.

XS
SM
MD
LG