Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:36

Qodirjon Botirov: O‘sh qirg‘ini genotsid deb nomlanishi lozim


Qirg‘iziston o‘zbeklari yetakchilaridan biri iyun voqealarini o‘rgangan xalqaro komissiyaga shunday e‘tiroz bildirdi.

O‘sh va Jaloloboddagi xunrezlik ortidan xorijga ketishga majbur bo‘lgan Qirg‘izistondagi o‘zbeklar rahbarlaridan biri Qodirjon Botirov mamlakat janubida o‘tgan yil iyun oyida ro‘y bergan hodisalar bo‘yicha xalqaro komissiya hulosasini ijobiy baholadi.

Ayni paytda¸ Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Botirov komissiyaning O‘sh va Jaloloboddagi voqealarni genotsid deb atamaganidan taajjubda ekanini aytdi.

- Haqiqat oz bo‘lsa-da yuzaga chiqdi. Bu biz uchun qoniqarli, juda yaxshi ish bo‘ldi. Lekin komissiya buni genotsid bo‘lmagan deb aytib o‘tib ketayapti, bu bizni¸ albatta¸ taajublantiradi. Meni nazarimda¸ bu ochiqdan-ochiq genotsid bo‘lgan¸ dedi Botirov.

Komissiya 11-13 iyun kunlari O‘sh va Jalolobodda uyushtirilgan hujumlarni insoniyatga qarshi jinoyat sirasiga kiritish mumkin, degan xulosaga kelgan edi.

Xalqaro tergov komissiyasi xulosasida halok bo‘lganlarning 75 foizi o‘zbeklar ekani bo‘lgani bildirilgan.

Separatchilik va bir qator boshqa ayblovlar bilan shu kunda Jalolobod shahar sudida sirtdan sudlanayotgan Botirov Qirg‘iziston hukumatining Xalqaro komissiya hisobotiga sharhlariga munosabatini ham muxbirimiz bilan o‘rtoqlashdi.

Qodirjon Botirov bilan Sarvar Usmon o‘tkazgan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG