Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:41

Rossiyada IShIDga aloqador ko‘rilgan o‘zbek muhojirlari ushlandi


2016 yilning 7 dekabrida Moskvada terrorchilikda gumonlanib 25 mehnat muhojiri FSB tomonidan qo‘lga olingan
2016 yilning 7 dekabrida Moskvada terrorchilikda gumonlanib 25 mehnat muhojiri FSB tomonidan qo‘lga olingan

Rossiya chegarachilari Suriyaga jang qilgani ketayotgan bir guruh xorij vatandoshlarini hibs etganini xabar qildi. Ulardan biri ekstremizm uchun O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiya maxfiy xizmati – FSB mamlakatning Uzoq Sharqidagi Saxalin orolida chegerani noqonuniy kesib o‘tishga uringan bir guruh noqonuniy mehnat muhojiri, jumladan o‘zbekistonliklarni hibs etdi.

Rossiya FSBsining Saxalin viloyati bo‘yicha Chegara xizmati rasmiy vakilasi Yuliya Bulatskaya 4 nafar migrant “IShID terrorchilar guruhi tarkibiga qo‘shilish uchun Suriyaga ketayotganida” qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

- Markaziy Osiyo mintaqasidan bo‘lgan bir guruh shaxs uchinchi mamlakatlar orqali Suriyaga borishni va noqonuniy “Islom davlati” guruhi faoliyatida ishtirok etish maqsadida chiqib ketayotganida aniqlandi. Ular 2016 yildayoq maxfiy xizmatlarimiz nazoratiga tushgan. Ular uzoq vaft davomida Rossiya Federatsiyasi hududida noqonunan yashab kelgan, dedi Yuliya Bulatskaya.

Ozodlik o‘z manbalaridan ushlanganlarning uch nafari O‘zbekistondan, yana biri Qirg‘izistondan ekanini aniqladi.

"Ulardan biri chegarani noqonuniy kesib o‘tganlikda va tergov paytida pora berganlikda ayblanib javobgarlikka tortildi. Shuningdek, xuddi shu shaxs O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ekstremistik faoliyat va odam yollashda ayblanayotgani aniqlandi", deyiladi FSB rasmiy xatida.

Guruh a’zolari O‘zbekiston vatandoshi ekani aytilayotgan bu shaxsning “mafkuraviy ta’siriga tushgani” va Suriyaga ketishga rozilik bergani aytildi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, hozirda Saxalin sudi qarori bilan ushlanganlarning to‘rttalovi “o‘z davlati huquq muxofazasi organlariga keyingi taftish va javobgarlikka tortish uchun topshirilgani” xabar qilindi.

Bu muhojirlarga Rossiyaga kirish ham umrbod taqiqlandi.

Joriy yilning yanvar oxirlarida Milliy terrorchilikka qarshi qo‘mita rasmiysi Andrey Prjezdomskiy oxirgi bir yilda “Islom davlati” jangarilar guruhiga Rossiyadan borib qo‘shilayotganlar soni kamaygani borasida xabar qilgandi.

Ozodlik Rossiyaning turli mintaqalarida maxfiy xizmatlar tomonidan terrorchilik va diniy ekstremizmda ayblanib qo‘lga olingan boshqa mehnat muhojirlari to‘g‘risida xabar bergan.

Rossiya FSBsi oxirgi paytlarda terrorchilikda gumon qilinib, qo‘lga olinganlarning asosiy qismi Markaziy Osiyo mintaqasidan kelgan mehnat muhojirlari ekani to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Rossiyalik huquq himoyachilari ilgari ekstremizmda gumonlanib qo‘lga olingan Markaziy osiyoliklarning aksariyatiga bunday ayblovlar, qiynoqlar vositasida qo‘yilishini aytib keladilar.

XS
SM
MD
LG