Линклар

Qirg‘iz rasmiylari tomonidan O‘sh qirg‘ining bosh aybdori sifatida talqin etiladigan qirg‘izistonlik o‘zbeklar lideri Qodirjon Botirovga nisbatan sirtdan o‘tkazilayotgan sud jarayoni 19 mayga qoldirildi.

Qodirjon Botirovning jinoyat ishi 11 may kuni Jalolobod shahar sudida ko‘rib chiqilishi kerak edi. Biroq Qirg‘iziston Oliy sudi matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, bugungi sud jarayoniga guvohlar, qoralovchi va oqlovchilar kelmagani bois mahkama kelasi payshanbaga qoldirilgan.

Qodirjon Botirov Qirg‘iziston ichkarisida bo‘lmagani uchun sirtdan sudlanmoqda. Unga mamlakat janubidagi tartibsizliklarni uyushtirish, ayirmachilik va muxtoriyat (avtonomiya) talab qilish aybi qo‘yilmoqda.

Biroq O‘sh qirg‘inini o‘rgangan Qirg‘iziston milliy komissiyasi va Xalqaro komissiya Qodirjon Botirov o‘zbeklar uchun avtonomiya talab qilmagan va ayirmachilik kayfiyatlarini targ‘ib qilmagan, degan xulosani bildirgan edi.
XS
SM
MD
LG