Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:48

Qozog‘iston O‘zbekistonga bergan 29 qochqin Toshturmada saqlanmoqda


Diydor g‘animatligi bois 29 qochqinning har qanday qiyinchilikka sabr qilayotgan Olmaotadagi ayollari qismati endi O‘zbekistondagi qarindosh ayollar zimmasiga ko‘chgan ko‘rinadi.
Diydor g‘animatligi bois 29 qochqinning har qanday qiyinchilikka sabr qilayotgan Olmaotadagi ayollari qismati endi O‘zbekistondagi qarindosh ayollar zimmasiga ko‘chgan ko‘rinadi.
Qochqinlarning Toshturmada ekanini ulardan birining oilasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga tayanib, ma‘lum qildi.

Ammo, 29 qochqin yaqinlariga ularning ahvoli va keyingi taqdiriga oid hech qanday ma‘lumot berilmagan.

Ularning ayrimlaridan ariza qabul qilib olgan huquq faoli Sura‘at Ikromovga ko‘ra, qochqinlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qaysi moddalariga ko‘ra ish ochilgani hali noma‘lum.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 21 yoshli Fayzullaxon Akbarovning onasi Rahima Akbarova 5 kundan beri o‘g‘lini qidirib, oxiri 14 iyun kuni uning Toshturmada saqlanayotganini aniqlaganini aytadi.

- “To‘g‘ri, bolalaringiz O‘zbekistonga o‘tibdi. Toshturmada ekan. Lekin hali hech bir joyga tarqatilmagan. Shu sababdan qo‘lingizdan ariza ham olmayman. Bir haftadan keyin seshanba kuni kelasiz. Shu kuni tergovchisi kim, qaysi joyda qo‘yildi bolangiz, shuni sizga tochno qilib aytib beraman. Shunda zayavleniyengizni ham qabul qilaman. Hozir yo‘q”, deyishdi. Hozir sizlarga ko‘rsatishadi yoki boshqa, degan gaplar ham yo‘q, - deydi Rahima Akbarova.

Uning aytishicha, bunga qadar O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari ekstraditsiya qilingan qochqinlar haqida hech qanday ma‘lumot bermagan.

O‘g‘lining berib yuborilganini ham Rahima Akbarovaga Olmaotadagi huquq faollari xabar qilgan.

- 9 iyun kuni telefon bo‘ldi. “Bolalaring ekstraditsiya qilindi. Bu yoqqa telefon qilib ovora bo‘lmanglar”, deyishdi,- deydi 21 yoshli o‘g‘li Qozog‘istondan ekstraditsiya qilingan Rahima Akbarova.

29 qochqin safida bo‘lgan Fayzullaxon Akbarovning yaqinlaridan tashqari 33 yoshli Suhrob Bozorov, 45 yoshli Qobil Qurbonov, 35 yoshli Tursunboy Sulaymonovning yaqinlari ham shu kunlarda ekstraditsiya qilingan qochqinlarni qidirib sarson bo‘lmoqda.

Qozog‘istonda turib qochqinlik maqomini olgan, ammo shunga qaramasdan, O‘zbekistonga berib yuborilgan bu 4 qochqinning yaqinlarining ayrimlari ekstraditsiya haqida Olmaotadagi qochqinlar yoxud huquq faollaridan ma‘lumot olgan bo‘lsa, ayrimlarining uyiga milliy xavfsizlik xizmati xodimlari kelib, xabar bergan va bunda ham qochqinlarning ahvoli haqida to‘liq ma‘lumot berishdan bosh tortishgan.

Ularning murojaatini qabul qilib olgan O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromov 29 qochqin orasida bo‘lgan Qobil Qurbonovning oilasi murojaatni misol keltirdi.

- Qashqadaryodan kelgan Bozorov Roziqqa ko‘ra, bularning uyiga MXX va Ichki ishlar boshqarmasidan kelgan va o‘g‘li ekstraditsiya qilingani bildirilgan. "O‘zbekistonga Qozog‘iston qaytarib yuborgan. Hozir tergovxonada bu yog‘iga bizlar hech narsa ayta olmaymiz" deyishgan,- deydi Sur‘at Ikromov.

Unga ko‘ra, Qozog‘istondan O‘zbekistonga berib yuborilgan 29 qochqinga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo bu ishlar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qaysi moddalariga muvofiq olib borilayotgani noma‘lum qolmoqda.

- Lekin ular 155, 159, 244 va hokazo moddalar bilan qidiruvga topshirilgan edi,- deydi Sur‘at Ikromov.

Shuningdek, Qozog‘istondan ekstraditsiya qilingan qochqinlarning aniq soniga oid ma‘lumotlar ham bir-biridan farqlidir. Toshkentdagi huquq faollaridagi ma‘lumotlarda ularning soni 28 nafar, Qozog‘istondagi huquq faollaridagi rasmiy hujjatlarda esa 29 nafar.

Mana shunday hujjatga ega bo‘lgan Qozog‘istondagi Inson huquqlari bo‘yicha byuro xodimi Denis Jivaga Qozog‘istonda ham bu qochqinlarga oid ma‘lumotlar tegishli idoralar tomonidan imkon qadar yashirilayotganiga urg‘u berdi.

- Men Tashqi ishlar vazirligi va Bosh prokuraturadan olingan rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, ekstraditsiya qilingan qochqinlar soni 29 nafar. Hozir Olmaota hibsxonalarida aka-uka Qo‘ldoshev va Sherzod Shernazarovlar qolgani aytilgan,- deydi Denis Jivaga.

Ammo unga ko‘ra, berib yuborilgan 29 qochqinning hammasini ism-familiyasini aniqlash hanuz imkonsizdir.

- Biz aniq aytishimiz mumkin bo‘lgani, ya‘ni bizning advokatlarimiz yordam bergan qochqinlarning soni 25 nafar. Ularning ism-familiyasi va shaxsiga oid ba‘zi ma‘lumotlar bizda bor. Ammo, qolgan 4 nafari haqida bizda ham hech qanday ma‘lumot yo‘q,- der ekan Denis Jivaga yana 4 qochqin boriligi haqida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Bosh prokuraturasi bergan rasmiy raqamlardangina ma‘lumligini aytadi.

Denis Jivaga 29 qochqindan o‘z tashkilotiga ma‘lum bo‘lgan 25 nafarining ism-familiyasini keltirdi: Abror Qosimov, Tursunboy Sulaymonov, Muhitdin G‘ulomov, Fayzullaxon Akbarov, Suhrob Bozorov, Toirjon Abdusamatov, Shuhrat Botirov, Dilbek Karimov, Oybek Qo‘ldoshev, Shuhrat Xolboyev, Alisher Hoshimov, Ma‘ruf Yo‘ldoshev, Saidakbar Jalolxonov, Ahmad Boltayev, Ulug‘bek Ostonov, Qobiljon Qurbonov, Oybek Po‘latov, O‘ktam Rahmatov, Isobek Pardayev, Sirojiddin Tolipov.
XS
SM
MD
LG