Линклар

Qozog‘iston rasmiysi: Hijob bizga yot


Qozog'istonning Atirau universiteti o'tgan yili talaba qizlarga hijob kiyishni man qilgan edi.

Qozog'istonning Atirau universiteti o'tgan yili talaba qizlarga hijob kiyishni man qilgan edi.

Qozog‘iston Diniy ishlar bo‘yicha davlat agentligi raisi Qayrat Lama Sharif hijob o‘rash qozoqlar uchun hech qachon udum bo‘lmaganini ta‘kidladi.

“Kazaxtsanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida Sharif “kimdir boshqalarning udumlari va madaniyatiga taqlid qilmasligi lozim, xususan, hijob masalasida arab madaniyati va an‘analariga” rioya qilinmasligi lozim, dedi.

Markaziy Osiyo davlatlarida hijob o‘ragan ayollarning soni ko‘payayotgan bir paytda, mintaqa hukumatlari hijob o‘rashni cheklash yoxud taqiqlashga qaratilgan choralarni joriy qilib keladi.
XS
SM
MD
LG