Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:45

Qozog‘istonda 24 yoshli o‘zbek mardikori halok bo‘ldi


"Novosti-Kazaxstan" axborot agentligining ma‘lum qilishicha, Oqmola viloyatida tegirmon qurilishida ishlayotgan 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tomdan tushib ketib, halok bo‘lgan.

Agentlikning Oqmola viloyat Ichki ishlar departamentidagi manbaga tayanib xabar qilishicha, o‘zbekistonlik mardikor 19 may kuni soat 11.00 larda Shortandi shaharchasida qurilayotgan tegirmonning tomidan, 16 metr balandlikdan tushib ketgan.

U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va o‘sha yerda olamdan o‘tgan.

Bu holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG