Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:37

Qozog‘istonda prezidentlikka nomzod ko‘rsatish nihoyasiga yetdi


Qozog'istonning amaldagi prezidenti Nursulton Nazarboyev 1991 yili Sovet Ittifoqi qulagandan buyon prezident kursisini egallab kelmoqda.
Qozog'istonning amaldagi prezidenti Nursulton Nazarboyev 1991 yili Sovet Ittifoqi qulagandan buyon prezident kursisini egallab kelmoqda.
Prezidentlikka nomzod ko‘rsatishning so‘nggi kuni – 20 fevralgacha Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasiga 19 kishi nomzod o‘laroq ro‘yxat olishni so‘rab murojaat qildi. Hozircha ulardan faqat amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevgagina nomzodlik guvohnomasi berilgan.

Prezidentlikka nomzodini ko‘rsatgan 19 nafar qozog‘istonlikning beshtasi nomzodlar uchun majburiy bo‘lgan davlat tili imtihonidan o‘tolmadi. Ulardan ikkitasi o‘z nomzodini olib tashladi.

Qozog‘iston prezidenti lavozimi uchun nomzod ko‘rsatish 2 martgacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida prezidentlikka nomzodlar davlat imtihonidan o‘tishlari va MSK qaroriga ko‘ra, o‘z qo‘llovi uchun kamida 91010 saylovchi imzosini yig‘ib topshirishlari kerak bo‘ladi.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasiga nomzod sifatida ro‘yxatga olishni so‘rab, ariza topshirganlardan to‘rt nafarining nomzodi siyosiy partiyalar tarafidan ilgari surilgan, qolgani mustaqil nomzodlardir. Ular orasida uch ayol va Qozog‘iston musulmonlar ittifoqi raisi ham bor.

Qozog‘istonda muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlari 3 aprelga belgilangan. Prezidentlik saylovlari aslida 2012 yilga rejalangan esa-da, yaqinda prezident Nursulton Nazarboyev kutilmaganda saylovlarning muddatidan ilgari bo‘lib o‘tishini e‘lon qilgandi.
XS
SM
MD
LG