Линклар

Yakshanba kuni kechqurun Alitaliya havo yo‘llari shirkatining Parij –Rim yo‘nalishida parvoz qilayotgan uchog‘iga yo‘lovchilardan biri daxl qildi.

ANSA agentligi xabariga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarosi Valeriy Tolmachev styuardessaga hujum qilib, uchoqni Liviya poytaxti Tripoliga qarab burishni talab qilgan.

Qo‘lida kichkina pichoq yoki tirnoqegovlagich bo‘lgan yo‘lovchini uchoq ekipaji yo'lovchilar yordamida qurolsizlantirigan. 131 yo'lovchi uchayotgan parvoz Rimda yakuniga yetgach, Tolmachev Italiya politsiyasiga topshirilgan, deyiladi xabarda.

Frans Pres agentligining xabar berishicha, 48 yoshli Valeriy Tolmachev Parijdagi UNESCO tashkilotida Qozog'iston vakilining maslahatchisi bo'lgan.
XS
SM
MD
LG