Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:25

Qozog‘istonning Aqtobesida otishma davom etmoqda


Qozog‘iston g‘arbidagi Aqtobe viloyatida politsiya va qurolli guruh o‘rtasida otishma davom etmoqda.

Politsiya operatsiyasi qurolli guruh Shubarshi qishlog‘ida hujum qilib, ikki politsiyachini o‘ldirganidan keyin boshlandi.

Yakshanba kuni Aqtobe viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot vakili Almat Imangaliyev operatsiya o‘tkazilayotganini tasdiqlab, hujum uyushtirganlar islomiy ekstremist guruhi a‘zolari ekani ma‘lum emas, deya bayon qildi.

Ozodlik muxbirlariga ko‘ra, keyingi yillarda Aqtobe viloyatida bir qancha musulmonlar “terrorchi faoliyat”da ayblanib qamalgan.
XS
SM
MD
LG