Линклар

Qozog‘iston parlamenti prezident Nursulton Nazarboyevning muddatidan avval prezidentlik saylovi o‘tkazish haqidagi chaqirig‘ini qonuniylashtirish maqsadida konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga qaror qildi.

Nazarboyev umumxalq referendumi o‘tkazish orqali o‘z prezidentlik muddatini 2020 yilgacha uzaytirish rejasini rad qildi va 31 yanvar kuni referendum o‘rniga muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazishni taklif qildi.

Konstitutsiyaga tuzatish kiritish haqidagi qonun loyihasi parlamentning ikkala palatasi tomonidan bir ovozdan ma‘qullandi. U qonun kuchiga kirishi uchun endilikda prezident hujjatni imzolashi kerak.

20 yildan beri Qozog‘istonni boshqarib kelaëtgan 70 yashar Nursulton Nazarboyev mamlakatning birinchi prezidenti sifatida xohlaganicha prezidentlikka saylanish huquqiga ega.
XS
SM
MD
LG