Линклар

30 mart kuni Kuala Lumpurdagi Osiyo Futbol Federatsiyasi bosh qarorgohida biramasiga to'rtta turnir bo'yicha qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash bosqichlarini ikkinchi raundida qo'shni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi to'p suradi.

Eslatib o'tamiz, baland reyting tufayli O'zbekiston terma jamoasi birinchi bosqichdan ozod etilgan.

O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston termasiga qarshi Toshkentda 23 iyul, mehmonda esa 28 iyulda o'yin o'tkazadi. O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida Qirg'iziston terma jamoasidan 97 po'gona yuqorida tugan bo'lsada, o'yin oson bo'lmasligi kutilmoqda.

- Milliy terma jamoamizga raqiblik qiladigan Qirg'iziston termasi haqida gapiradigan bo'lsam, ularga qarshi o'yin oson bo'lmasligini alohida e'tirof etaman. Hududiy jihatdan qo'shni mamlakatlarga qarshi o'yinlarda doimo keskin kurashlar ko'zga tashlanadi, deydi O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramovning www.the-uff.uz saytiga bergan intervyusida.

Qirg'iziston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot-kotibi Qanat Asenovning "Yosh to'lqin"ga bergan suhbatida aytishicha, O'zbekiston termasi yosh professional o'yinchilar bilan boy va ularning tajribasi ancha yuqori. Boz ustiga, O'zbekiston Osiyoda to'rtinchi jamoadir. Biroq, deydi Asenov, to'p dumaloq, maydon esa tekis, futbolda kutilmagan natijalarni ko'rsatish mumkin.

O'zbekiston - Qirg'iziston terma jamoalarining bir-biriga qarshi o'tkazgan o'yinlarning statistikasi esa O'zbekiston tarafida.

23.08.1992- O'zbekiston - Qirg'izsiton 3:0. Osiyo Kubogi xalqaro turniri. Toshkent, "Paxtakor" stadioni, 1 ming tamoshabin.

03.10.1992- Qirg'izsiton - O'zbekiston 2:6. Osiyo Kubogi xalqaro turniri. Bishkek, "Spartak" stadioni, 2 ming tamoshabin

19.04.1994- O'zbekiston - Qirg'izsiton 3:0. Osiyo Kubogi xalqaro turniri. Toshkent, "Paxtakor" stadioni, 30 ming tamoshabin.

09.03.2007- O'zbekiston - Qir'giziston 6:0. "Alma-TV" kubogi xalqaro turniri. Shimkent, Kajimukan nomidagi stadion.


Qolgan turnirlar bo'yicha o'tkazilgan qur'a natijalari quyidagicha.

2012 yilda Londonda o'tadigan XXX yozgi Olimpiada o'yinlarida O'zbekiston olimpiya termasi Gonkong termasiga qarshi to'p suradi. O'yinlar Toshkentda 19 iyunda, mehmonda esa 23 iyunda bo'lib o'tadi.

19 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi 2012 yilgi Osiyo chempionatida "C" guruhiga tushdi. Ushbu guruhda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Pokiston, Eron, Xindiston, Afg'oniston va Turkmaniston jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

16 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi ham 2012 yilgi Oyiso chempionatida "C" guruhida o'rin oldi. Yosh futbolchilarimizning guruhdagi raqiblari Tojikiston, Baxrayn, Qirg'iziston va Xindiston jamoalari bo'lishadi.

XS
SM
MD
LG