Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:44

Qur‘on nusxasining yoqilganiga inson hayoti qurbon keltirilishi kerakmi?


Amerikalik pastor Terri Jouns Qur‘on kitobi nusxasini yoqib yuborganiga qarshi Afg‘onistonning turli viloyatlarida norozilik namoyishlarida qurbonlar soni 30 kishidan oshdi.

Florida shtatidagi naroniy ruhoniyning birgina harakati ortidan boshlanib zo‘ravonliklarga aylanib ketgan bu namoyishlarni to‘xtatishga uringan AQSh Prezidenti Barak Obama va Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay muloqoti chog‘ida amerikalik pastor harakatidan taassuf bildirishdi, Afg‘onistondagi namoyishchilar harakati esa qoralandi.

Eslatamiz, 20 mart kuni AQShning Florida shtatidagi cherkovlardan birining ruhoniysi Terri Jouns namoyishkorona tarzda muqaddas Qur‘on kitobining nusxasini yoqib yuborgan edi.

Amerikalik pastorning harakatidan taassuf bildirilgan, afg‘onistonlik namoyishchilar harakati esa qoralangan bir kezda Ozodlik sodir bo‘lgan ikki voqeaga munosabatini so‘rab, Afg‘oniston parlamenti deputati, o‘z yurtidagi qonli namoyishlardan afsus bildirgan Sardor Rahmon o‘g‘li, o‘zbekistonlik siyosatshunos, kuni kecha “terrijonsizm”ga barham berish chaqirig‘i bilan AQSh rahbariyatiga murojaat qilgan Farhod Tolipov, shu kunlarda muhojiratda bo‘lgan “Hizbut-Tahrir” partiyasi a‘zosi, Terri Jounsni “jinoyatchi”, deb atagan Abdu Rasul hamda muhojiratdagi imom, sobiq vijdon tutquni hamda “Tayanch” jamiyati a‘zosi, Terri Jounsga Dorul Islomdan o‘zga yurtlarda shar‘iy jazo yo‘qligini so‘zlagan Muhammadsolih Obutovlarni suhbatga tortdi.


XS
SM
MD
LG