Линклар

logo-print

Ravshan Ermatov yana birinchilardan


2011 yilgi Osiyo Kubogida Ravshan Ermatov hakamlik qilgan Saudiya Arabistoni va Yaponiya o'rtasidagi o'yindan lavha.

2011 yilgi Osiyo Kubogida Ravshan Ermatov hakamlik qilgan Saudiya Arabistoni va Yaponiya o'rtasidagi o'yindan lavha.

O‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov dunyo bo‘yicha 2010 yilgi eng yaxshi hakamlar orasida ikkinchi o‘rinni oldi. 21 asrning birinchi o'n yilligi eng yaxshi hakamlar reytngida esa 26-chi o'rinni egalladi.

Boshidanoq aytib o'tiz joiz, ikkala ro'yxatda ham 33 ga kirgan Ravshan Ermatov eng yosh hakamdir.

Bu haqda Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi e‘lon qilgan xabarda aytilishcha, 2010 yilgi futbol hakamlari orasida birinchi o‘rinni angliyalik Hovard Uebb, uchinchi o‘rinni esa italiyalik Massimo Buzakku egallagan.
2010 yilgi eng yaxshi hakamlar ro'yxatini bu yerda, 21 asr birinchi o'n yilligi eng yaxshi hakamlari ro'yxati bilan esa bu yerda tanishing.

21-chi asrning birinchi o'n yilligning eng yaxshi hakamlar ro'yxatini esa hakamlik karyerasini 2008 yili tamomlagan germaniyalik Markus Merk birinchi o'rinni egallagan.

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi tuzgan ikkala ro'yxatda ham Markaziy Osiyodan Ravshan Ermatovdan boshqa hech kim yo'q.

Ravshan Ermatovning endi 33 yoshni qarshi olganini hisobga olsak, uning hakamlik karyerasi hali oldinda. O'zbekchasiga aytganda, o'n gulidan endi bir yoki ikki guli ochilgan holos.

Eslatamiz, Ravshan Ermatov shu kunlarda Qatarda borayotgan Osiyo chempionati o‘yinlarida ham hakamlik qilmoqda.

O‘tgan yili u Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida ilk o‘yinga hakamlik qildi va bitta chempionat davomida jami beshta o‘yinni boshqargan futbol tarixidagi uchinchi hakam, deb e‘tirof etilgan edi.

Facebook va Odnoklassniki.ru internetdagi ijtimoiy tarmoqlarida Ravshan Ermatov fanatlari tuzgan bir qator guruhlar va sahifalar bor.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG