Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:17

Repin asari Londonda savdoga qo‘yildi


Rassom Ilya Repinning "Yovuz ko'zli dehqon" surati.
Rassom Ilya Repinning "Yovuz ko'zli dehqon" surati.
Bugun Londondagi "Kristis" va "Sotbis" kimoshdi savdo markazlari Ilya Repin¸ Shishkin¸ Vyereshchagin kabi rus rassomlari asarlarini bir kunda savdoga qo‘yadi.

“Kristis" auksion uyi savdoga qo‘ygan Ilya Repin mo‘yqalamiga mansub “Parijdagi qahvahona” asarining boshlang‘ich narxi 8 million dollar ekani aytilmoqda.

“Sotbis” auksionida dushanba kuni savdoga qo‘yilgan asosiy asar esa Repin mo‘yqalamiga mansub “Vyera Repinaning portreti”dir.

Rassomning rafiqasi tasvirlangan bu asar Repin ijodining gullagan davriga oid ekani aytiladi .

Kimoshdida rus rassomi Vyereshchaginning Toj Mahal asari ham savdoga qo‘yilishi bildirildi.

Vyereshchagin Turkiston ishg‘oli paytida chor askarlari qatorida Samarqand va Buxoroga kelib, rasmlar chizgan rassomdir.
XS
SM
MD
LG