Линклар

O‘zbekistonning "Bunyodkor" futbol jamoasidan 16 million dollar haqini ololmayotganini da‘vo qilayotgan braziliyalik futbolchi Rivaldo Gulnora Karimovadan O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi sifatida mojaroni hal qilishda yordam so‘rash niyatida.

Bu haqda Britaniyada chiqadigan “The Telegraph” Rivaldo himoyachisi aytganlariga asoslanib xabar qildi.

Avvalroq Rivaldoning himoyachisi Luis Pereyra "Bunyodkor"ning haqiqiy xo‘jayini Gulnora Karimova bo‘lgani haqda matbuotga bildirgan edi.

Rivaldo "Bunyodkor"ning egasi bo‘lgan Shvyeysariyadagi Zeromax shirkatini o‘tgan yil avgustida sudga bergan.

Braziliyalik futbol yulduzi "Bunyodkor" o‘ziga 16 million dollar qarzdor ekanini da‘vo qilmoqda.

2008-2010 yillarda Bunyodkor hujumchisi bo‘lgan Rivaldo o‘zbek jamoasi tarkibida 33 marta darvozaga to‘p kiritgan va 2009 yilda O‘zbekistonning eng ko‘p gol urgan o‘yinchisi, deb tan olingan edi.
XS
SM
MD
LG