Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:01

Rivaldo "Zeromaks" bilan 16 million evro uchun sudlashmoqchi


Futbol olamining yorqin yulduzlaridan biri, "Bunyodkor" klubining sobiq hujumchisi braziliyalik Rivaldo “Zeromaks” shirkatini 16 million yevro haqini bermaganlikda ayblamoqda.

Braziliya termasi safida 2002 yil dunyo chempioni, "Barselona", "Milan", "Olimpiakos" futbol klublari sobiq hujumchisi, ayni damda Braziliyaning "Sao Paolo" klubi hujumchisi Rivaldo yoshi o'tgan sayin o'yinchi sifatida dunyoning yetakchi futbol klublari nazaridan qola boshlayotgan bir vaqtda unga yana bir bor omad kulib boqqan edi. U 2008 yii Shveysariyada ro'yxatdan o'tgan "Zeromax GmbH" shirkati bilan Toshkentning “Bunyodkor” klubida o‘ynash haqida 2008 yil avgustida ikki yillik shartnoma imzoladi.

Shartnomada kelishilgan narx va gonorar qiymati matbuotga oshkora qilinmagan bo'lsada, "Bunyorkor"dagi o'yini uchun Rivaldo haftasiga 130 ming dollar maosh olayotgani aytilayotgan edi.

"Zeromaks" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan braziliyalik Rivaldo¸ hozirgacha shartnomada ko‘zda tutilgan gonorarning faqat bir yilligini ola olgani va hozirda klub unga 16 million yevro¸ yoki 23 million AQSh dollari qarz ekanini da‘vo qilmoqda.

Germaniyaning "Bild" gazetasiga bergan intervyusida Rivaldo¸ “Menga o‘zbeklar juda katta hamkorlik taklif qilishdi. Futbolchi sifatida kar‘eram tugagach¸ menga “Bunyodkor” klubiga prezident bo‘lishni taklif qilishgan edi”¸ der ekan¸ o‘zbekcha mo‘jizaning ko‘p o‘tmay poyoniga yetganini aytadi.

“Birinchi yili menga aytilgan pulni to‘lashdi¸ ammo keyin hech narsa¸ mutlaqo hech narsa berishmadi. Boz ustiga men o‘z pullarimni klubga sarmoya sifatida yotqizdim va berilgan va‘dalarning hammasi puch bo‘lib chiqdi. Men o‘zimni juda ham aldangan his qilayapman”¸ dedi nemis nashriga bergan intervyusida Rivaldo.

Germaniyaning Bild nashrining ëzishicha¸ hozirda Shvyeysariyada bankrot bo‘lgani qayd etilgan “Zeromaks” shirkati haqdor bo‘lganlar ro‘yxatida Rivaldo ham bor va u endilikda 16 million yevroni Shvyeysariya sudi orqali undirib olishga urinish niyatida.

2010 yil bahorida Gulnora Karimovaga tegishli deyilayotgan “Zeromaks” shirkatining parchalanishi ortidan Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol klubi uchun ham bayram tugadi – ikki yil avval dunyoning mashhur futbolchisi Samuel Eto’oga uch oylik “mehmon”chilik uchun 25 million yevro taklif qilgan klub ham bankrotlikka yuz tutgan ko‘rinadi.
XS
SM
MD
LG