Линклар

Barziliyalik taniqli yarim himoyachi 37 yoshli Roberto Karlos AQShning "Korintians" futbol klubidan Maxachkalaning "Anji" klubiga o'tdi.

Q'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi va poytaxtning "Paxtakor" futbol komandasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov ham "Anji" futbol klubiga bir yilga ijara asosida o'tgani haqida xabar bergan edik.

Milliy terma jamoamiz a'zolari katta tajribaga ega bo'lgan futbolchilar bilan bir klubda to'p surishi o'zbekistonlik futbol muhlislarining quvonchiga sabab bo'lmoqda.

Eslatamiz, "Anji" komandasi Turkiyadagi yig'in davomida Ukrainaning "Obolon" komandasi bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashivida 1:0 hisobi bilan g'alaba qozondi. "Anji"ga g'alabani vatandoshimiz Odil Ahmedovnign 56 daqiqada penaltidan urgan goli keltirdi.

Bilmasvoylar uchun:

Roberto Karlosning to'liq ismi Roberto Karlos da Silva Rocha. U 1973 yil 10 aprelda Braziliyaning Garsa shahrida tavallud topgan. Karlos Braziliya terma jamosi safida 1990 yilda ilk bora maydonga tushgan. Braziliya terma jamoasi safida uch marotaba Jahon chempionatida qatnashgan va bir marotaba (2002 yil) chempion bo'lgan. Roberto Karlos jarima to'plarini a'lo darajada ijro etishi bilan mashhur. U o'zining "kruchenniy" zarbalari bilan ko'p marta futbol muhlislaring olqishlariga sazovor bo'lgan.

*****

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG