Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:10

Rohat Aliyevga yangi ayblov e‘lon qilindi


Rohat Aliyev, Vyena shahri, 2008 yil
Rohat Aliyev, Vyena shahri, 2008 yil
Qozog‘iston prokurorlari mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyevni 2007 yilda o‘g‘irlab ketilgan ikki bankirni o‘ldirganlikda aybladi.

2008 yilda Rohat Aliyev qator ayblovlar, jumladan, amaldagi hokimiyatni ag‘darishga uringanlik aybi bilan 40 yillik qamoq jazosiga sirtdan hukm qilgan.

Aliyev siyosiy boshpana olgan Avstriya hukumatini Qozog‘istonda adolatli sudlov bo‘lmasligiga ishortirganidan keyin vataniga ekstraditsiya qilinmagan.

Qozog‘iston Bosh prokurori Ashat Daulbayev Rohat Aliyev ustidan yangi sud jarayoni bo‘lishini e‘lon qildi.

Rohat Aliyev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad qilib kelgan va uni hukumat uyushtirgan fitna deya atagan.
XS
SM
MD
LG