Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:02

Rossiya dumasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish niyatida


Rossiya Giyohvandlik moddalarni nazorat qilish va Federal migratsiya xizmatlari Davlat Dumasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun pasport nazoratini kuchaytirish va umuman vizasiz rejimni bekor kilish taklifi bilan chiqdi.

Markaziy Osiyo bilan bog‘liq masalalar aynan hozir muhokamaga qo‘yilganini izohlar ekan, Davlat Dumasi deputati Semyon Bagdasarov Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarida jiddiy muammolar yig‘ilib qolganini ta‘kidladi.

- Bu, ayniqsa hozir juda dolzarb masala. Bunda Rossiya Federatsiyasi xavfsizligi uchun ikkita masala juda muhimdir: bu Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelayotgan narkotraffik va terrorchilik xavfi. Afsuski, afg‘on-tojik chegarasi ochiq, turli terrorchilik guruhlari Tojikiston, Qirg‘iziston hududlari orqali vizasiz rejimdan foydalangan holda bemalol Rossiyaga kirib kelmoqda,- dedi Semen Bagdasarov.

Markaziy Osiy mamlakatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish tashabbusi Davlat Dumasi deputatlarining ko‘pchiligi tomonidan ma‘qullandi.
XS
SM
MD
LG