Линклар

RF prezidenti Dmitriy Medvedev 13 iyun kuni ishchi tashrifi bilan Toshkentga keldi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan Medvedev o‘rtasidagi muzokara chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik muammolari, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirish va energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar muhokama etilishi kutilmoqda.

Rossiya prezidenti yordamchisi Sergey Prixodko jurnalistlarga ikki davlat rahbarlari uchrashuvi chog‘ida Afg‘oniston masalasiga alohida e‘tibor qaratilishi, shuningdek, Yaqin Sharq mintaqasi va Afrika shimolidagi vaziyat ham muhokama etilishini aytdi.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Toshkentga tashrifi tugaganidan so‘ng Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketadi.
XS
SM
MD
LG