Линклар

logo-print
Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvyedev O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan ikki tomonlama hamkorlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Kreml matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, 12 aprel kungi telefon suhbati chog‘ida ikki davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarda, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohadagi yutuqlarga yuqori baxo bergan.

Medvyedev va Karimov xalqaro muammolar, xususan Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazida kechayotgan voqealar yuzasidan fikr almashganlar.

Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasiga oid konkret masalalarni ham muhokama qilishgan.

Medvyedev va Karimov o‘zaro maslahatlarni turli formatlarda ham ikki tomonlama ham ko‘p tomonlama, jumladan Kollktiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida ham davom ettirishga kelishib olganlar.

O‘zbekiston Rossiya yetakchiligidagi KXShT qoshida tuzilgan Tezkor kollektiv kuchlarga qo‘shilishdan bosh tortib klayotgani mazkur tuzilma faoliyatiga putur yetkazib keladi va Moskva bilan Toshkent o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablaridan biridir.
XS
SM
MD
LG